IELTS (International English Language Testing System) - bu ingliz tilini bilishni baholovchi umumjahon sinov testlaridir.
IELTS - bu AQSH, Buyuk Britaniya, Kanada, Avstraliya va Yangi Zelandiyada o’qishni hohlovchilar uchun eng ommabop test.
IELTS natijalari 0 dan 9 ballgacha baholanadi.
Test topshiruvchisi o’z natijasini test topshirilgandan 13 kun o’tib online tarzda yoki test markazida biladi. Sertifikat o’z ichiga 4 modul ballarini qamrab oladi:
Listening (eshitish malakasi)
Reading (o’qish malakasi)
Writing (yozish malakasi)
Speaking (gaplashish malakasi)
va Overall Score Band (umumiy natija)
Test natijalari topshirilgandan so’ng 2 yil davomida kuchga ega.
IELTS testlari 3 soat atrofida davom etadi. Test 4 moduldan tashkil topgan:
Listening (40 minut atrofida)
Reading (60 minut)
Writing (60 minut)
Speaking (11-14 minut)
Birinchi 3 modul (Listening, Reading, Writing) doim bir kun davomida, yuqorida ko’rsatilgan ketma-ketlikda, uzluksiz topshiriladi. Oradagi tehnik tanaffuslar bilan umumiy sarflanadigan vaqt 180 minut.
Qolgan ma’lumotni siz 2 qavatda joylashgan o’quv markazda olasiz.