Zamon — til bilganniki. Qancha ko‘p xorijiy tilda muloqot qila olsangiz, shuncha yaxshi. Hech bo‘lmasa, ingliz tilini mukammal bilish davr talabi — bu til bilimdoni uchun chet eldagi nufuzli oliy o‘quv yurtlarining eshiklari ham ochiq, ayni vaqtda, bu ko‘pchilik ishlashni orzu qilgan katta tashkilot va korxonalarning xodimiga aylanish uchun yetarli asos bo‘la oladi.

Xorijiy tillarni o‘rganishning erta-kechi yo‘q. Muhimi, bu borada dadil qaror qabul qilib, til o‘rganish yo‘lida katta yordam bera oladigan malakali o‘qituvchi-murabbiylarni topishdir. Bu borada til o‘rgatishga ixtisoslashgan o’quv markazimizdagi yozgi o’quv klublariga marhamat!